Jump to content

Bemuhabbat bulhavasqa no‘shi sog‘ardin na haz...

From Wikisource
Bemuhabbat bulhavasqa no‘shi sog‘ardin na haz...
by Xumuliy
333346Bemuhabbat bulhavasqa no‘shi sog‘ardin na haz...Xumuliy

Bemuhabbat bulhavasqa no‘shi sog‘ardin na haz,
Mayg‘a tushkon harmagasga rohi ahmardin na haz.

Ilm Kasbidin garonbor o‘lsa nodon vajhi bor,
Ko‘zai hamyong‘a oxir siym ila zardin na haz.

Bilmasa tong yo‘q xaromi lazzati quti halol,
Hissi modarzodg‘a yori sumanbardin na haz.

Bu saodat qurbati abrordin fayz istama,
Bu Lahabga nisbati poki payambardin na haz.

Simu zar jam’ aylading nuri safodin uz ko‘ngul,
Yuz qarolig‘din digar mirzog‘a daftardin na haz.

Fayzi ma’ni bo‘lmasa suratg‘a bo‘lmas e’tibor,
Naqsh to tufrog‘dir boshinda afsardin na haz.

Shavqidin parvona bo‘l, xuffosh bir ul beqanot,
Bemuhabbat mokiyong‘a bol ila pardin na haz.

Xizrdek dil zinda bo‘l, umri abaddin komyob,
Joni yo‘q oinag‘a mulki Sikandardin na haz.

Ey Xumuliy, rish ila dastori mo‘yi paxtadur,
Javhari mardi kerakdur bu karu fardin na haz.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.