Bayram qutlug‘ bo‘lsin!

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bayram qutlug‘ bo‘lsin!  (1921) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Bu kun Buxoro xalqi, Buxoro yo‘qsullari qonli taxtu tojlaridan qutulg‘on fahsh va inodchi amirning zulmidan, uning behisob jallodlarining dahshatidan ozod bo‘lg‘onlari holda birinchi Qurbon bayramini o‘tqaralar.

Ilgari Qurbon bayramlarida minglarcha so‘yulg‘on qo‘ylar bilan birga necha minglarcha yurt bolalari, ozodlik tarafdorlari so‘yilur edilar. So‘yulg‘on qurbonlik ustida qo‘l ochib fotiha qilg‘on kishilar bilan birga, mamlakatning butun alamzadalari qonli saltanatning fanosini tilab duo qilur edi.

Endi ul kunlar tarixning qorong‘i maydonig‘a ko‘mildi.

Endi bu kun ozod xalq, ozodliq va birodarliq asosinda yangi turmush qurub yotadur.

Yurtning butun yosh kuchlari hukumat va davlat ishiga, xalqning saodat va rohati, ilmu maorif ishlariga kirishib, kunduzni kechaga, kechani kunduzga ulab xizmat qilib yotarlar.

Bu bayramni o‘tkazganimizdan keyin inqilobning bir yillik bayrami kelib turadur.

Inqilob bayramining tantanalari kunida ikkinchi qurultoy yig‘ilmoqchi bo‘lib turadur.

Bularning har biri o‘z boshig‘a ayrim bir bayramdurkim, faqat ozod va obodliq yo‘lida fidokorliq qila bilgan xalqqa xosdir.

Asrlardan beri davom etib kelgan “kayfa mo yasho” bir idorani og‘darg‘on va ozodliq, istiqlolg‘a ega bo‘lg‘on xalq o‘shal ozodliq va istiqlolini mundan so‘ng saqlash yo‘lida ham mol va jonini ayamasa kerak.

Bayramlarini jallodsiz, saltanatsiz, qarg‘ashsiz o‘tkazish uchun har qancha fidokorliqdan tortinmay turg‘on yo‘qsul elning ozodliq ichida kechirmakda bo‘lg‘on bayrami qutlug‘ bo‘lsun!

A.Sulaymon (Cho‘lpon).

“Buxoro axbori” gazetasi,

1921-yil, 14-avgust, № 47.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse