Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur...
by Bobur

Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur,
Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur.

Xali labig'a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab,
Ki Xizr chashmayi hayvong'a rahnamoyedur.

Yarar bu xasta ko‘ngul dardig'a o‘qin yarasi,
Magarki har yarasi yorning davoyedur.

Bahor faslidur-u may havosi boshimda,
Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur.

Ul oy raqibg'a bo‘ldi rafiq-u Boburning,
Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse