Baljivon

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Baljivon  (1922) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Faryodim dunyoning borlig’in bo’g’sin,
Umidning eng so’nggi iplarin uzsin!
G’azabdan titragan yosh bir yigitning
Toshdek siynasiga o’qlar o’rnashmish.

Tog’larda erk uchun yurgan kiyikning
Qora ko’zlariga motamlar kirmish.
Daryolar, to’lqinlar titratgan bir Er
Zarbalar qahridan yiqilmish-qolmish!

Qurtulish yulduzi yo’qlikka kirmish,
Sening so’ng joningni yovlaring olmish.
Marmara yo’llari, Edirne yo’li,
Chatalja kengligi, bo’g’oz torligi.

Karpat balandligi, Trablus cho’li,
Go’zal Salonikning shirin bog’lari.
Shahidlar yuziga tomguchi nurlar,
Qonlar yig’latdi-ku bizni bu xabar.

Berlin ko’chalari yigitning birin
To’p-to’liq, gulbog’lar qo’yniga oldi.
Tiflis havolari bir najot Erin
Qora qonga bo’yab yerlarga soldi.

Tarixning rangini ko’p qonlar bilan
Qorartgan, to’ldirgan. Biroq Baljivon
Eng so’nggi umidni qonga bo’yagan,
Oh, qanday ug’ursiz zamonlar kelgan!

Faryodim dunyoning borlig’in bo’g’sin!
Qop-qora baxtimga shaytonlar kulsin!

1922 yil, avgust

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse