Bahor ayyomidur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bahor ayyomidur...
by Bobur

Bahor ayyomidur dog'i yigitlikning avonidur,
Ketur soqiy, sharobi nobkim - ishrat zamonidur.

Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg'uvonidur.

Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash rangi gullardin,
Magarkim sunning naqqoshig'a rang imtihonidur.

Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog'ining sarvi ravonidur.

Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G'aribingg'a tarahhum aylagilkim, andi jonidur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse