Bag’ishlov

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bag’ishlov
by Usmon Nosir

Bog'larga namozgar
Salqini tushdi,
Gullar nam bargini
Qayirdi asta.
Oftob ham suv ichar
Tog‘lardan pastda,
Loladek qip-qizil
O’t shafaq o‘chdi.

Ko‘z tutdim
Ko‘zlarim nigaron bo‘ldi;
O, dilbar,
Simbarim, yuzlari qirmiz.
Kiprigi ko‘ksiga
Soya solgan qiz,
Ko‘z tutdim,
Yuragim to‘la qon bo‘ldi.

Shabboda bolariday
Gulzor uzra sho‘x Oy fonarini
Yokdi - qiz oqshom, Yasha!
Sen kelding,
Sevgilim, Naxshon,
Suv qizi - suvsarim,
Kipriklari o‘q.
Sen kelding,
Ko‘nglimga suv kabi okding.

Sen kelding -
Ruhimda yashash boshlandi,
Sevinchdan ko‘zlarim
Behol yoshlandi.
Sen kelding,
She’rimga chechaklar takding.
Sen kelding,
Va’daga vafodor malak,
Oppoq qo‘lingnimi
Siypalab o‘pay?
Qora sochingnimi
Siypalab o‘ray?
Va’da etayinmi,
Senga deb falak?

Arzirdi
Falakni etsam hadya,
Afsus...
Fazo menga hali qul emas,
Mayli... borimni
Aylay armug‘on.
Garchi u
Ajoyib, asl gul emas,
Naxshon, ey yoshligam,
Sevgalim, ma, ol!

Ishqimning eng oliy
Tuhfasi she’rim.
O’qi!
Lablaringdan to‘yib emgani,
She’rimga berkindi
Ataylab mehrim.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"