Avesto/Yasna
YASNA, 28-HOT
[edit]1
Ey, Mazda! Ey ulviy olamning urugʻi – asosi – bunyodi!
Ibtidoda yozuq qo’llarim bilan senga namoz keltururman, istagim behro’zlik va shodmonlik.
Zora, Ashah – Haqiqat amoli, butkul donishmandlik va Ezgu niyat bilan Goʻshvarvan – olam ruhini xushnud aylasam!
2
Ey, Ahura Mazda!
Ezgu niyat bilan senga yuz buraman.
Dinagohlarga kushoyish va shodmonlik baxsh aylaguvchi, Ashax – Haqiqatga taaluqli har ikki olam – fano va baqo saodatini nasib roʻzi-ayla!
3
Ey, Mazda Ahura
Seni, Ashah – Haqiqatni va Ezgu Niyatni yangi eʼtiqod qoʻshigi deb qabul ayladim. Toki butun borligimda Ormaitiy; – Komil Aql va Olam Shahriyori" afzun boʻlsin
Hamisha sendan imdod istasam, huzurimga yetib kelursan, menga behruzlik va shodmonlik baxsh aylayursan.
4
– Men Ruhimni Ezgu Niyatning keng va muhtasham saroyiga eltaman. Mazda Ahura har bir kirdor uchun baxsh etuvchi ajru niyozdan ogohmen, Toki jismu jonimda zarracha kuch-mador ustuvor ekan, insoniyatni Ashah — Haqiqatga tomon boshlab boraman.
5
Ey, Ashah Ey, Haqiqat
Seni qachon topaman va qachon farzo- nalik bilan Ezgu Niyatga noil bulaman2
Qachon butkul mavjudotdan qudratli- roq bulgan Ahura saroyiga yul olaman
va uning hayotbaxsh soʻzlaridan bahramand boʻlaman2
Va bu ilohiy kalom vositasida uz ti- lim bilan gumrohlarni yaxshiliklar man- ziliga boshlagumdir.
6
Ey, Mazda Ahura
Ezgu Niyat va Ashah – Haqiqat bilan huzurimizga kel, haqqoniy kalomlar vosi- tasida Zardushtga va jamiyki solih insonlarga saodatli tiriklik baxsh ayla
Bizga shodmonlik va olam qudratini ato qil, toki dushman zulmi va ozori muqobilida birlashaylik.
7
Ey, Ashah Ey, Haqiqat
Ezgu Niyat uchun tortiq qilinajak ajr-mukofotingni ber
Ey, Ormaitiy Ey, Komil Aqm Gushtasi" va mening izdoshlarim or- zuyu aʼmollarini ruyobga chiqar.
Ey, Mazda
Seni vasf aylaguvchilarga kuch-qudrat baxsh ayla, toki ular ilohiy kalomingni insoniyatga etkazsinlar
8
Ey, mumtoz lakikat – Ashahga hamqadam Ahura Ey, barchadan mumtoz
Oʻtinch va iltijoyim shudirki, Sen bahodir Farashvshtari" va jamiykim yoronlarimga hamda begumon abadiy Ezgu Niyat baxsh aylaganing zotlarga eng guzal hayot ato etgaydirsan
9
Ey, Mazda Ahura)
Bu iltifoting va atoying tufayli hech qachon Seni, Ashah – Haqiqatni va Ezgu Niyatni tark qilmayman, ozor etkar- mayman, ranjitmayman.
Sizlarga olqish niyozini keltirur- man. Zero, Sizlar, butun Olam Shah- riyori, barcha-barchadan qudratli, jamiyki olqish va niyozlarga munosibroqsiz)
10
Ey, Mazda Ahura
Ashah – AXakikat va Ezgu Niyatga haqqu rost sazovor boʻlganing ravshan na- zar farzonalarning maqsudiga vosil ai- la. Haqiqatda bilurmanki, ezgu maqsad- li, dil qaʼridan chiqqan olqishlar siz- lar tomondan inobatsiz qolmagay)
11
Bu inoyatlar bilan Ashah – Haqiqat va Ezgu Niyatning panohi boʻlurman.
Ey, Mazda Ahura
Sen meni oʻz olamingdan ogoh et Sen menga oʻz tiling bilan bu olam ibtidosi haqida soʻylab ber; U nima edi va qanday bunyod boʻldi2
YASNA, 29-HOT
[edit]1
Olam Ruhi Sizdan suradi:
Meni nechun yaratding Kim meni ato ayladi Gʻazab va adovat, qabihlik va gustohlik, egrilik va toʻbanlik meni butkul qurshab olgandir.
Mening sendan oʻzga pusht-panohim yoʻq. Menga oʻz zoting va nomingga muno- sib boʻlgan bir xaloskor yubor..
2
Shunda olamni bunyod aylagan Zot Ashah – Haqiqatga yuz burib, soʻradi:
—– Kimni bu jahonda donishmand deb bilursan, soʻyla To bu olam obodligi, fayzu shukuhini unga baxsh aylaylik.
—– Kimni bu olam sohibligiga muno- sib koʻrurseng Toki oʻsha Zot duruj — yolgʻon va gazabdan er yuzini butkul xalos aylasing
3
Ashah – Haqiqat unga javob berdi:
– Bunday zot bu jahonga va adolat siz insoniyatga arzimaydi. U mehribon va beozordir. Insonlar orasida solihlar- ni yovuzlardan himoya qiluvchi, ularga pusht-panoh boʻla bilguvchi kimsani bilmayman.
U insonlar orasida sara va qudratli- roq boʻlmogi kerak. Meni oʻz huzuriga chorlaganda, soʻzsiz etib bortgumdir…
4
… Shubha yoʻqki, Ahura devlar va qabih insonlar oʻtmishda nima qilgandi- lar va kelgusida nima qilajaklarini hammadan koʻra yaxshiroq biladi.
Ahura bu olamning yagona adolatpesha hakamidir. U istagan narsa boʻladi.
5
Haqiqatda, biz ikkimiz – men va olam ruhi yoziq qoʻllar bilan Ahurani
olqishlaymiz. Undan yagona xohishimiz shu: bu olamda porsolar va oʻlarning rahbarlariga yovuzlar tomonidan shikast va ozor etmagay)..
6
Shunda bu olamni donishmandlik bi- lan bunyod aylagan Ahura Mazda dedi:
– Nahot, Sen Haqiqatga toʻliq boʻlgan bu olamning sardorini tanimaysan2 Yaratguvchi Seni jamiyki yaratilmish mav- judotga rahbar va asraguvchi etib sayla- maganmidi2
7
Haqiqatga hamqadam Ahura yaxshilik- larni ziyoda etguvchi oʻzining ilohiy ka- lomini yaratdi va jahon ishlarining oʻngarilishi, ezgoʻ niyatli kimsalarning maqsudi hosil boʻlishini istab xitob QILDI:
– Ey, Ezgu Niyat
Kimdir ulki sendandirg Kim u inso- niyatga haqiqatda madad berguvchi 3012
8
– Bu jahonda bizning kalomimizni jon-dildan qabul qilguvchi men bilgan yagona zot bu Sipiytmon Zardushtdir.
Yolgiz u Mazda va Haqiqatni olqishlov- chi qoʻshiqlarni insoniyatga eltmoqni juda- juda istaydi. Shu boisdan Unga goyat oʻtkir va malohatli nutq baxsh ayladik.
9
Shunda Olam Ruhi xuruj qildi:
– Nahot men bir notavon va noraso erning himoya etmagimdan shod boʻlishim va uning soʻzlariga quloq osishim kerak Haqiqatda, men goyat qudratli bir peshvo- ni orzu qilgandim.
Qachon mening umidim ushalib, bir qudratli zot oʻzining zabardast qoʻllari bilan menga madad beradi.
10
– Ey, Ahura Ey, Ashah – Haqiqat
Bularni" qudrat va Olam Shahriyorli- gidan ogoh ayla
– Ey, Ezgu Niyap
Ularga shunday nusrat berkim, yaxshi turmush va shodmonlik hamroh bulsin
– Ey, Mazda
Men ham Uni Sen yaratgan Zotlarning eng ulugi deb bilgayman.
Ashah – Haqiqat, Ezgu Niyat va Olam Shahriyori qachon bizning qoshimizga shi- tob etadilarg
Men Siz – insonlarni bu buyuk ma- ga" – taʼlimotni oʻrganishga daʼvat qila- man.
Bizga nusrat kelgan ekan, demak biz ham sizlarga madad bermakka shaydirmiz.
YaSNA, 30-HOT
[edit]1
Shunday qilib, Ahura va Ezgu Niyat shaʼniga hamdlar keltirib, istaganlar hamda ogoh etilganlarga ikki buyuk yaratilmish hodisa xususida xabar bergaymiz
Ey, Ezgu Niyatli Zotlar
Bu kalomni Ahuraning munavvar siy- mosi huzurida ravshanlik va shodmonlik bilan qabul aylangiz
2
Ey, hushyorlar;
Quloqlaringiz bilan puxta eshitin- giz eng ezgu kalomlarni va yorug niyat bi- lan – xoh er, xoh ayol – har biringiz nazar tashlangiz, to buyuk hodisa roʻy bermasdan va odimlarimiz sunggi man- zilga etmasdan ikki yuldan birini oʻzin- gizga ixtiyor etingiz-da, bu kalomlarni oʻzgalarga ham etkazingiz)
3 Ibtidoda bu ikki tugishgan – ham- zodlar andisha, kalom va amalda biri — ezgulik; biri – yomonlik uzaro suhbat
qurdilar.
Bu ikkidan biri, yaʼni ezgulikni un- dan ogohlar, yomonlikni esa noogohlar tanladilar.
4
Bu ikki olam bir-biriga yotlashgani- dan soʻng, ilk bor ktiriklik) va xnoti- riklik)ni bunyod ayladilar. Bu hol olam sungigacha davom etaveradi.
Ezgu hayot Ashah – Aakikat payravla- riga va eng qabih tiriklik duruj — yolgʻon tarafdorlariga nasib qiladi.
5
Usha ikki olamdan yolgʻon – durujni ixtiyor etganlar eng yomon amallarga be-
rildilar va abadiy osmonni qoplagan so- lih olamlar uchun bunyod etilgan Ashah — Haqiqatga yuz burganlar oʻzlarining ezgu amallari va ozodlikka muhabbatlari tu- fayli Ahura Mazdani xushnud etdilar.
6
Devni ixtiyor etganlar ham ikki olam- dan rostni emas, yolgʻonni tanladilar, yomon niyatga boʻyinsundilar va odam hayotini tubanlashtirmoq qasdida bir- lashgan kuyi gazabga tomon shitob etdi- lar.
7
Olam Shahriyori, Ezgu Niyat va Ashah – Haqiqat yaxshiliklarni ixtiyor etganlarning qoshiga keldilar, ularga qudratli hayot baxsh ayladilar.
Haqiqatda, Senga tobe boʻlganlar va senga nasib qilganlar temir sinovlardan soʻng baxtga qovushadilar.
8
– Ey, Ahura Mazda
Qachonki gunohkor qavmning kuni butarkan Olam Shahriyori Ezgu Niyat nurlari ostida oshkor bulgusi va duruj — yolgʻon ahli Ashah – Haqiqat qoʻliga topshirilgusi.
– Ey, Mazda
Biz olamu odam tirikligini yangilovchi va sening boʻlmish ahuraviylar bilan birga yashamoqni istaymiz.
Sen-da Ashah – Haqiqat siymosi os- tida bizga madad ayla. Aql-idrokimiz ojizlashib, eʼtiqodimiz sustlashgan chogda qullagin, toki fikr, kalom va amalda biz ittifoq bulaylik.
Bu urinda ehtimol Zardusht va uning yorlariga yoxud, umuman, jahonning keyin kelajak sohibqudratlariga ishora boʻlishi mumkin. Ruh ularning imdodiga koʻz tikmoqda.