Ashraqat min...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ashraqat min...
by Alisher Navoiy

Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-hudo,
Yor aksin mayda ko‘r deb, jomdin chiqdi sado.

G‘ayr naqshidin ko‘ngil jomida bo‘lsa zangi g‘am,
Yo‘qtur, ey soqiy, mayi vahdat masallik g‘amzudo.

Ey, xush ul maykim, anga zarf o‘lsa bir sing‘an safol,
Jom o‘lur getinamo, Jamshid, ani ichkan gado.

Jom-u may gar bo‘yladur, ul jom uchun qilmoq bo‘lur,
Yuz jahon har dam nisor, ul may uchun ming jon fido.

Dayr aro hush ahli rasvo bo‘lg‘ali, ey mug‘bacha,
Jomi may tutsang meni devonadin qil ibtido.

Toki ul maydin ko‘ngil jomida bo‘lg‘ach jilvagar
Chehrayi maqsudi mahv o‘lg‘ay hamul dam moado.

Vahdate bo‘lg‘ay muyassar may bila jom ichkarim,
Jom-u may lafzin degan bir ism ila qilg‘ay ado.

Sen gumon qilg‘andin o‘zga jom-u may mavjud erur,
Bilmayin naf etma bu mayxona ahlin, zohido.

Tashnalab o‘lma Navoiy, chun azal soqiysidur,
“Ishrabu, yo ayyuhal-atshon” kelur har dam nido.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse