Jump to content

Andijonda vaqf ishlari

From Wikisource
Andijonda vaqf ishlari (1923)
by Abdulhamid Choʻlpon
335331Andijonda vaqf ishlari1923Abdulhamid Choʻlpon

Ishlar yo‘lida. Andijon vaqf shu’basi o‘z ishlarini yaxshilab yo‘lga qo‘ymoq uchun tinmasdan ishlab turubdir. Markaz va mahallalar bilan aloqa. Ba’zi bir xil ishlarning vaqti-vaqtida bitmasdan, kechikib qolishig‘a markazning yiroqlig‘i xeyli mone bo‘ladir. Masalan: ba’zi bir muhim va shoshilish ishlarni bir yog‘liq qilmoq uchun mutlaq markaz vaqfning uqdirish va yo‘l-yo‘ruq ko‘rsatishiga ehtiyoj bor. Shuning uchun ba’zi bir xil masalalarda Toshkantga chopmoqqa to‘g‘ri keladir. Buning ustiga, Andijon madrasalarining boshqa shaharlardagi vaqflarini bajarmak ishi ham qancha chopish va yugurishni iqtizo qiladir.

Boshqa shaharlardagi mulklar. Marg‘ilon uyezidagi va Xo‘qand shaharidagi Andijon vaqf mulklari shu jumladan bo‘lub, bularni joy-joylarig‘a borib yetkazmakka to‘g‘ri keldi. Masalan: Asaka rayo‘nida Andijon vaqf muassasalariga qarashliq birmuncha mulk bor ekankim, ul mulklardan bu yil 756 put g‘alla chiqqan. Shul g‘allani Marg‘ilon vaqf shu’basi o‘zi tasarruf qilib ketkandan keyin Andijon vaqf shu’basining mudiri o‘rtoq Qorizoda Marg‘ilonga borib, u yerning vaqf shu’basi bilan so‘zlashmagan va natijada g‘allani tasarruf qilish ishi hozirg‘a to‘qtalg‘an. Bu masala yaqin orada butkul bir yog‘liq qiling‘usidir.

Xo‘qand shaharida ham Xo‘qand vaqf muassasalari o‘rtasida mushtarak bir hammom bor ekan. Shul hammomni tasarruf qilmoq to‘g‘risida biroz anglasmasliq bo‘lg‘andan keyin Andijon vaqf shu’basi mudiri Xo‘qandga borib, shul ishni bitkazib keldi. Ul hammomning tasarrufiga Xo‘qand vaqf shu’basi Andijon tomonidan ham vakil qilindi. Xo‘qand vaqf muassasalarining Andijon uyezidagi mulklarini tasarruf qilish uchun Andijon vaqf shu’basiga vakolat berildi. Bunday bo‘lg‘anda vaqflar bir ne qadar ortiqcha sarflardan qutulg‘an bo‘lurlar.

Eski madrasalar. Eski madrasalarning islohi uchun dasturlar oling‘an. Ularning islohi masalasi ham navbatda turadir.

Diniy ishlar. Diniy ishlar (masjidlarning idorasi; imom qo‘yush-chiqarish; shularga oid hamma narsalar) butkul mahkamai shar’iya qaramog‘ig‘a o‘tkaziladir. Faqat masjidlarning moliya ishlari vaqf shu’basining diniya shu’basi qo‘lida qolib, mahkamai shar’iya ishchilarining maoshlari ham shul shu’bacha pulidan berilgusidir.

Eski maktablarni tuzatish. Vaqf shu’basi tomonidan eski maktablarni tuzatish yo‘lida ham yaqinda jiddiy tashabbus boshlang‘usidir. Bu to‘g‘rida tegishlik dasturlar olinib, rejalar chizilg‘an.

A.S.

“Darxon” gazetasi

1923-yil, 29-avgust, № 17.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"