Andijonda musulmoncha tiyotr

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Andijonda musulmoncha tiyotr  (1914) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Ushbu yil 6-iyun Andijonda yerli yoshlar tarafidan birinchi martaba tiyotr o‘ynaldi. Tomoshaga Hoji Mahmud afandining “Padarkush” ismli fojiasi qo‘yildi. O‘ynovchilar shul qadar muvaffaqiyat va usta o‘ynadilarki, tiyotr na ekanin fahmlaydirgan ovrupolilar ila o‘n marotaba o‘ynagan artistlarga o‘xshaydirlar. Har parda orasida shul qadar olqishlar bo‘ldiki, biz ko‘rgan tiyotrularda bo‘lgan yo‘q edi. Tiyotrdan so‘ng yerli muzika ila hamma o‘ynovchilar sahnada xor ila Abdulla Avloniyning “O‘qusin yoshlarimiz!” ash’orini o‘qub, xaloyiqni olqish va ofarinlarga muzahhar qildilar. Sof foyda bir yarim ming so‘mga yaqin bo‘lgan bo‘lsa kerak. Mundan yigirma prosenti Andijonda yangi solinmakda bo‘lgan qizlar gimnaziyasi foydasina berilub, qolmishi San’atga oid xabar, taqriz va maqolalar 63 bir kishi vositasi ila bonkda bir xayr ish uchun saqlansalar kerak. Tiyotr o‘ynovchi yoshlarning g‘ayratlarin va alarga qarshu turuvchilarning hollarin “Farg‘ona ta’siroti” maqolalarimda yozsam kerak.

A.S.

“Sadoi Turkiston” 1914-yil № 20.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse