Andijon uyezdida maorif haftasi
(Umumiy hisob)
Maorif haftasi allaqachon tamom bo‘lub ketdi. Uning borishi va natijasi to‘g‘risida ilgari ham bir yozub o‘tgan edim. U vaqtlar hisoblar tamom olunub bitmag‘ani uchun haftaning umumiy natijasi chala qolg‘an edi. Endi bu safar u chalani to‘lg‘azamiz.
***
Toshkantda o‘lkamizning maorif ishlari to‘g‘risida, katta bir kengash majlisi bo‘lub, unda o‘rtoq Irisqul o‘g‘li (Risqulo‘f) kichkina bir narsa aytub o‘tgan edi. O‘rtoq Irisqul o‘g‘lining so‘zlari orasida «maorif haftalaridan unga yaxshi natija chiqmadi» degan bir da’vo bor. Bu da’vo to‘g‘ri. Maorif haftalaridan unga ko‘b narsa chiqmadi: to‘g‘risini aytsak biz kutgan natijalar chiqmadi. Umuman, har xil hafta va oylar – bir-bir keyin kelaberib ishlaguchini ham, xalqni ham xiyla charchatqanga o‘xshaydur. Haftalpar bo‘lg‘anda biz ochiqdan-ochiq ko‘rar edikkim, ko‘brak vazifa majburiyati bilan ishlb qo‘yalar edi. Shuning uchun haftalarimiz ko‘b vaqt sovuq chiqar edi.
Bizning uyezda maorif haftasi xiyla yaxshi o‘tdi. Uyezimizning ko‘b joylarida mana bu ichki urushlar vaqtda xarob bo‘lub, yo‘qsullikka tushub qolishiga qaramasdan molliy yordam bera oldi.
Haftani o‘tish komisiyasi qo‘lidagi hujjatlarga qarag‘anda, haftadan hozirgacha o‘tgan naqd mablag‘ shundan iboratdur: chervon bilan 1980 so‘m, qog‘oz pul bilan bir million to‘quz ming sakson sakkiz so‘m, 10½ put guruch, 23 ½ put sholi.
Haftada eng ko‘b va ulgurji yordam qilg‘an Bozorqo‘rg‘on rayuni bilan Jalolobod rayunidur. Masalan: Bozorqo‘g‘on rayunidan chirvon bilan 1080 so‘m, 2 obligatsiya topshirilg‘an. Jalolobod rayuni 282, 430 so‘m pul, 20 bosh qo‘y, 35 pud karto‘shka, 23 ½ pud bug‘doy, 21 pud makkajuhori yig‘ib bergan. Bularning puldan boshqa narsalari o‘sha joydagi qirg‘iz-qozoq internatiga berilgan. Rayunlardan so‘ng Yorboshi, Sultonobod, Qo‘rg‘ontepa, Haqqulobod va Oltinko‘l bo‘luslari keladur. Bularning barchalari shundoq: Yorboshi bo‘lusi 36.125 so‘m pul, 15 pud guruch, 23 ½ pud sholi, Sultonobod chirvon bilan 150 so‘m qog‘oz pul bilan 124.50 so‘m, Qo‘rg‘ontepa chirvon bilan 150 so‘m qog‘oz pul bilan 5330 so‘m, Haqqulobod 138.860 so‘m qog‘oz pul.
Hozirgacha oling‘an hisobga qaraganda boshqa rayunlarning uncha mazasi yo‘q.
Sayildan 76.200 so‘m, har xil kecha va tomoshalardan 60.000 so‘mgacha pul tushgan. Bir imzo varaqasidan chirvon bilan 90 so‘m, qog‘oz pul bilan 33.000 so‘m tushgan.
Izboskent va Bozorqo‘rg‘on bo‘luslaridan ko‘b imzo varaqalari hali topshirilmag‘an. Boshqa bo‘luslardan ham imzo varaqlarini haligacha topshurub tugatmaganlari bor.
Besh-olti yildan beri buzg‘unlikdan boshqani ko‘rmagan Farg‘ona dehqonlari, qishloq kambag‘allari hali ham o‘qush bilim yo‘lida katta ximmat ko‘rsatub turubdurlar.
Ibrat!
Q
«Farg‘ona» 1923-yil 4-dekabr.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|