Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas (Rojiy Marg‘inoniy)
Bog‘ aro yetkur sabo, ul bargi gul domon isi,
To dimog‘imdin yo‘q o‘lg‘aymu ekin hirmon isi,
Hajr daf’ig‘a guledin topmadim darmon isi,
Gar bahor el topsa bo‘stondin gulu rayhon isi,
Kelur ul rayhon ila guldin menga hijron isi.
Bu chaman naxlida xurramlikni mo‘e topmadim,
Bulbuli savtida xushlik guftugo‘e topmadim,
Shabnamidin ham baqolik obro‘e topmadim,
Menki bir guldin jahon bog‘ida bo‘e topmadim,
Paylayin qilsa muattar dahrni bo‘ston isi.
Tushdim ayru la’lidin yuz ming tuman dushvor aro,
Bshurub qonlik yoshimni diydai xunbor aro,
Sirri ishqim asramaymu xalqi nohamvor aro,
La’li hajridin nyhon ashkim so‘zin ag‘yor aro,
Desa bo‘lmaskim, kelur bu nav’ so‘zdin qon isi.
Ulki maygun lablari yuz murdani jonig‘a kom,
So‘rdi ahvolimni, topdim man hayoti mustadom,
Chunki ul Iso damin anfosidur yo‘hyil izom,
Qaydakim jonbaxsh la’lidin Masihoga kalom
Surdi ul yerdin kelur yuz qarn so‘ngdin jon isi.
Urdi to mashshotani ziynat uchun tesuyig‘a,
Baski yuz jon band edi gesui anbarbo‘yig‘a,
Vahki, jonlar chirmashibdur oni har bir mo‘yig‘a,
Jon isi tutdi jahonni men borurman ko‘yig‘a,
Kim tilar el jon isi, man istaram jonon isi.
Bog‘ aro har g‘uncha dillar qonidin bir-bir namud,
Hajridin g‘amlar so‘zidur bulbuli qilg‘oi surud,
Sunbuli ham kiygan ammo diydai Rojiyda dud,
Chun Navoiyg‘a kelur hijronidin har dam na sud,
Gar bahor el topsa bo‘stondin gulu rayhon isi.
Menam Majnunlik uslubini bunyod aylayin derman,
Kechib o‘zdin fano mulkini obod aylayin derman,
Taalluq qaydidin jismimni ozod aylayin derman,
G‘uborimni quyundek jumla barbod aylayin derman,
Tanim sargashtalig‘ vasfig‘a mo‘tod aylayin derman.
Jahon bog‘iga bulbulman, adamdin oshiyon ko‘rdim,
Bahor ayyomini o‘tkardimu fasli xazon ko‘rdim,
Na gulshandin asar ko‘rdim, na gullardin nishon ko‘rdim,
Chaman avroqini bodi fano birla nihon ko‘rdim,
Baqosiz rangu bo‘din lahzaye dod aylayin derman.
Adam rahravlari sud aylaman xusron bilan kettim,
Hayotim moyasin barham berib nuqson bilan kettim,
Ubudiyat matoin olmadim, isyon bilan kettim,
Nadomat borini hammoliman, armon bilan kettim,
Bu yo‘lda emdi ajzim naqdini zod aylayin derman.
Chaman o‘z motamida shabnamidin diyda tar qilsun,
Degil, bulbulg‘a, boshig‘a sochib gul nolalar qilsun,
Qaro kiygizni ilg‘on bo‘ynig‘a qumrini bar qilsun,
Xazondin dod etib vaqti sahar ul gar-gar qilsun,
Rido bo‘ynimda man ham yakka faryod aylayin derman.
Jahon bo‘stonini naxlimanu bargu barim yo‘qtur,
Adamni subhiga shabnammanu chashmi tarim yo‘qtur,
Haqiqat bahrini mavjimanu oq gavharim yo‘qtur,
Uchurg‘on lomakondin bozi man bolu parim yo‘qtur,
Vujudimg‘a adam chekini isnod aylayin derman.
Tugatdim darsimi bobi qazou fasli fatvodin,
Ocharman husnu ishq avbobini Yusuf Zulayxodin,
Ko‘ray nozu niyoz uslubini Majnunu Laylodin,
Yozay dil safhasig‘a ishq imlosi-la shaydodtsh,
Muhabbat daftarin bir-bir o‘qib yod aylayin derman.
Qolubman bir quyosh mehri bilan yuz ming tazallumg‘a,
Qo‘limni nuri ketti ko‘z tutib andek tarahhumg‘a,
Der erdim sirrimi tun xilvatida charxi anjumg‘a,
Sirishkim inchunin rozi dilim fosh etti mardumg‘a,
Ko‘zimdin o‘tgan ishni endi ishhod aylayin derman.
Dedim ushshoq elig‘a yo‘q mani boshimni darkori,
Osing to sabaland o‘lsam, qani Mansurni ul dori,
Biyobon qat’i birlan bo‘lmag‘ay ishq ahlini kori,
Kesulmas resh-resha aylamoqdin g‘amni ko‘hsori,
Na deb oyini Majnun, rasmi Farhod aylayin derman.
Vafo xumxonasin sarjo‘shini soqisi dildorim,
Muhabbat bodai dardim berib sof ayladi korim,
Matoi naxvatimni tashladim to jubba, dastorim,
Ketubman o‘zligimdin emdi ahbobiyu xud dorim,
Fano sarmanzilig‘a sarni irshod aylayin derman.
Kecha piri mug‘on bir kimsani devona qilmishdir,
Kirib mayxonani burchig‘a Rojiy ham siqilmishdir,
Ichibdur bodani ikki ayog‘ila yiqilmishdir,
Bihamdilloh, kelub boshi bilan xumg‘a tiqilmishdir,
Xarobot ahlini bu mujdadin shod aylayin dermay.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |