Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas (Devoniy, II)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas
by Devoniy

Bilmagay shavq ahli holin shavqdin ko‘tohlar,
Etmagay manzilga gom urmoq byla gumrohlar,
Hasrati hajr ila tortib nolai jonkohlar,
Ulki solg‘ay shu’la a’zosig‘a o‘tlug‘ ohlar,
Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.

Vodiyi g‘am ichra ishq ahlidin o‘zga bilmagay,
Bo‘yla holin husn ahli hargiz ko‘ziga ilmagay,
Ohu faryodin ko‘rub chun zarra rahmi kelmagay,
Bag‘ridin qon tomg‘uchi ushshoq zahmin bilmagay,
Tig‘idin qon tomg‘uchi berahm oliy johlar.

Har necha garchi baloyi ishq erur xunrezkim,
Aylamay chun zarrai zahmidin oni parhezkim,
Teshasin jon qasdig‘a aylab damodam tezkim,
Shiddatin Farhod qilg‘ay fahm, yo‘q Parvezkim,
Dardni xokiylar anglar, yo‘q falak dargohlar.

Ravzai dildin farog‘at gullarini yulg‘ali,
Eyki rihlatdin fano ko‘yida chun gul so‘lg‘ali,
Tarki jon aylab junun ahlig‘a hamdast o‘lg‘ali,
Jonu ko‘nglum kirdilar g‘am dashtig‘a gum bo‘lg‘ali,
Man ham etdim jazm, chun azm ettilar hamrohlar.

Har nafas tig‘i sitam ko‘nglini yuz qatla tilur,
Hajr aro har ne balo ishq ahli boshig‘a kelur,
Chekmaguncha to ani ahli salomat ne bilur,
Bo‘lsalar ogahki, bir g‘amginni hijron o‘lturur,.
Fikr etar holig‘a hijron dardidin ogohlar.

Muddaiylar ne bilur furqatda hamrohim nedur,
Shavqdin har lahza chekkan nolau ohim nedur,
Bo‘yla sur’atdin fano shahri aro johim nedur,
Vah ne bilg‘ay hajr zanjirida dilhohim nedur,
Halqa urg‘on bazm ayshi davrida dilhohlar.

Senda, Devoniy, nedin sharmu hayoni fikri yo‘q,
Etgali manzil sori qasdi vafoni fikri yo‘q,
Xotiringda vahki juz jurmu xatoni fikri yo‘q,
Ey Navoiy, shohlarg‘a chun gadoni fikri yo‘q,
Aylag‘il sen tengri dargohig‘a shay’an lillohlar.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse