Abulziyo Talhabekning vafoti

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Abulziyo Talhabekning vafoti  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Turkiyaning mashhur muharrir, noshir va matbuotchilaridan Abulziyo Tavfiqbek 1913 nchi yili (Bolqon urushi vaqtlarida) vafot qilg‘an edi.

U vaqtdag‘i Turkiya va Rusiyadagi turk gazetalari marhumning vafoti munosabati bilan ancha narsalarni yozib o‘tkanlar edi.

Jahon urushining boshidan beri desak mumkin, Turkiya bilan uzulub ketkanmiz. Bizda, bu yerda bo‘lg‘an hodisalardan u Turkiyadagi qarindoshlarimiz qancha xabardorlar, uni biz bilmaymiz. Lekin, Turkiyadagi voqea va hodisalardan biz juda oz xabardormiz. Teleg‘ram xabarlarida nuqul siyosiy xabarlar yozilib, ijtimoiy, ilmiy va adabiy hayotdan hech narsa yo‘qdur. Turkiyaning ulug‘ shoiri Tavfiq Fikratning vafotini, vaqti bilan quloq xabarlaridangina eshitgan edik. Ruscha majmualardan biri, yuqorida zikr qiling‘an Abulziyo Tavfiqbekning o‘g‘li Talhabekning 1921 nchi yilning oxirlarida vafot qilg‘anlig‘ini xabar beradur.

Talhabek otasi Tavfiqbekning yo‘lidan ketib, matbaachilik, gazetachilik ishiga berilgan edi. Otasidan meros bo‘lub qolg‘an “Tavhidi afkor” gazetasini taraqqiy qildirmoq uchun ko‘b tirishdi. Gazetaning nafosat jihatini yaxshilash uchun u o‘z qo‘li bilan rasmlar yasar, xarita, chiziqlari chizar edi.

Talhabek o‘tlik vatanparvarlardan biri bo‘lg‘ani uchun Istanbul shahri ittifoqchilar qo‘lig‘a kirgandan keyin Sulton Vahid hukumatining g‘azabidan quruq qolmadi. U vaqtning harbiy mahkamasi uni zindonga hukm qildi. Talhabek shu zindonda ilashtirgan sil kasali orqasida edikim, vafot etdi.

Undan bir oz keyin mazkurning onasi va Tavfiqbekning rafiqasi ham vafot etdi. Bu xotun-qizlar orasida ochiq fikrlik, matonatigi bilan tanilg‘an edi. Tavfiqbek Sulton Abdulhamid zamonida “Siroj” gazetasi Yulduz saroyiga hujum qilg‘ani uchun mashhur Rados orolig‘i naqi qiling‘an edi. Shu munosabatbilan bechora xotun ko‘b alamlarga yo‘luqg‘an edi.

Talhabekdan keyin “Tavhidi afkor”ga ega bo‘lg‘an Abulziyozoda Validbek Mustafo Kamol posho hukumati bilan so‘ng vaqtda juda qattig‘ olishdi. Shu sabablik bo‘lsa kerak, “Tavhidi afkor”ning hukumat tarafidan yopilg‘anlig‘ini xabar berdilar.

Har holda “Tavhidi afkor” gazetasi Istanbul gazetalari orasida eng uzoq yashag‘an, nafis va ayniqsa kundalik rasmga ko‘b ahamiyat bergan gazeta edi.

Vaqtida Turkiyaning eng nafis asarlar bosturg‘an “Abulziyo Tavfiqbek matbaasi” tirishqoq ota-bolaning vafotidan keyin qandoq holg‘a tushdi ekan?

Muni so‘ngroq anglaymiz, ehtimol.

Idora – Turkiyada xalofat bitirilib, xalifa Abdulhamid Isvichraga jo‘nag‘an vaqtda uning orqasidan ba’zi irtijochi gazeta muharrirlari, shu jumladan “Tavhidi afkor” gazetasining muharriri ham ketgan edi.

“Tavhidi afkor” gazetasi, yangi Turkiya qoshida irtijochilar jumlasidan sanalub, hozirda Turkiyada qabul etila boshlag‘an “lotin” alifbosiga qarshi aksil tashviq qilg‘anlardan biridur.

Q.

“Farg‘ona” gazetasi,

1924-yil, 3-aprel, № 160.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse