1 May

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
1 May  (1933) 
by Abdulhamid Choʻlpon

1.

Bu buyuk kun yillar boʼyi zoʼr oʼrmonlarning
Quyosh tushmas joylarida qarshi olindi.
Yoxud chuqur va qorongʼi yertoʼlalarning
Zax bagʼrida nafas, baʼzan, ichka solindi.
Qizil bayroq alangadek lovullar ekan,
Xushtak chalib oʼtgan oʼqlar bagʼrini tildi.
Uni qoʼldan bermayman deb May kunlarida
Koʼp ishchilar tiklanolmas boʼlib yiqildi.
Ey buyuk kun, har yil kelib, oʼz tegrasiga
Quyilardan yangi-yangi quvvat toʼplardi,
16 yil bundan burun kech kuz faslida
U zoʼr quvvat dushmanlarning safini yordi!

2.

Shundan beri u zoʼr kunni, har kelganida,
Million-million kular yuzlar qarshi oladi.
Baynalminal ovozlari yuksalar ekan,
Bor shundaylar nafasini ichka soladi…
Million-million kular yuzlar har yil shu kunda
Bir qayrilib – oʼtkanlari yoʼlga qaraylar:
Shunday ulugʼ dovonlarni nechik oshganlar,
Nechik muncha tez ketkanlar … anglayolmaylar.
Tarix boʼyi hech bir quvvat botinolmagan
Juda ogʼir, juda mushkil bir yoʼlni tutib;
Oʼtish uchun loaqal ikki-uch asr
Kerak boʼlgan uzun yoʼlni besh yilda oʼtib,
Qari tarix betlariga sharaf bitkanlar,
Yer yuzini hayron qilib gangiratkanlar!
Faqat, yana qizil bayroq hilpirar ekan,
Millionlarning oʼtkur koʼzi – tagʼin yoʼllarda.
Yangi hayot, sinfsiz hayot qurish istagi:
Million-million
Erkak, xotin, qiz, oʼgʼillarda!…

1933 yil, may

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse