«Yorqinoy» va «Hech kim bilmasun»

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
«Yorqinoy» va «Hech kim bilmasun»  (1921) 
by Abdulla Qodiriy

10 nchi sentabrda yozliq “Turon” sahnasida ikki pardali dramma “Yorqin oy” (Cho‘lpon asari), bir pardali “Hech kim bilmasun” (Julqunboy asari) o‘ynaldi. “Yorqin oy” pyesasi birinchi qo‘yilishida tanqid qilinib o‘tkan edi. o‘rtoq Julqunboy tomonidan yozilg‘an “Hech kim bilmasun” pyesasi mavzu’ mundarija yog‘idan tatarcha “Yoshlar aldatmaylar” kamediyasiga juda yaqindir.

Har ikki asarning mavzuidan bahs etmay, ko‘bdan beri o‘ynab kelgan “O‘zbak davlat truppasi” artistlarini tanqid etib ketishni o‘runli deb bilaman.

“Yorqin oy” drammasidan pyesaning qahramoni bo‘lg‘an “Yorqin oy” ro‘lin o‘ynag‘uchi M. Tutash o‘z ro‘lini ixlos bilan o‘ynab, sahnaga ruh berdi. M.Tutash ko‘bdan o‘zbak sahnasida yengil, hur o‘ynamog‘i bilan xalqning muhabbatin o‘ziga jalb etib kela edi.

M.Tutashda tuzalishi mumkin bo‘lg‘an bir kamchilik bor: “Ajab olam” kabi aynli so‘zlarni g‘ayn bilan “g‘ajib, g‘olam”, “emas” kalimasi o‘rniga “tugal” qo‘llab tatarchalashturmasa, sahnada o‘zbak qizidan ajratib bo‘lmaydir.

Yorqin oy holasining ro‘lini o‘ynag‘uchi Ashab Tutash o‘ynashi zararsiz, lekin har vaqt so‘zlaganda ovozini sekin chiqarib, xalqni “qattiqroq” deb qichqirtdiradir. Yorqinning otasi “O‘lmas botur” ro‘lin o‘ynag‘uchi Uyg‘ur drammalarda ko‘rsatkan kamchiligin bu yerda ham ko‘rsatdi.

Uyg‘ur – o‘zbak sahnasining murabbiysi, to‘g‘risini aytkanda bobosidir. Shuning uchun Uyg‘urning qaysi ro‘llarda ixtisosi borlig‘in boshqa vaqt alohida yozarman.

“Ahmad botur” ro‘lin o‘ynag‘uchi Abror drammalardagi botur, boshliq kabi jiddiy ro‘llarda yaxshi o‘ynab o‘zini tanitib keldi. Ayniqsa, bu kun “Yorqin oy” drammasida haqqila bir botur harakatin ko‘rsatdi.

Novcha polvon ro‘linda o‘ynag‘uvchi o‘rtoq O‘tab o‘rtacha o‘ynadi. Yigit ro‘lida o‘ynag‘uchi Patxulla Olim o‘rtoqlar o‘z ro‘llarin yaxshi o‘ynadilar. “Norqul” ro‘lin o‘ynag‘uchi o‘rtoq Mannon bu ro‘lda juda muvaffaqiyat bilan o‘ynadi.

Boshqa artistlarning ro‘li ahamiyatsiz bo‘lub, tanqidg‘a arzimaydir.

“Hechkim bilmasun” kulgusidan “Uylang‘uchi chol” ro‘lin o‘ynag‘uchi Muzappar o‘rtoq chol bo‘la turib yosh qiz olishni istaguchi bir cholning tamsil mujassami bo‘lub chollarg‘a maxsus harakatlarni ustaliq bilan bajarib sahnani ruhlantirdi. “Ziyo” ro‘lin o‘ynag‘uvchi yosh artistlarimizdan o‘rtoq Karim tirishib, o‘z ro‘lin tushunub o‘ynag‘ani uchun tomoshachilarg‘a ta’sir qildira oldi.

Shapoq maxdum

“Qizil bayroq” gazetasi 1921-yil 17-sentyabr 87-son.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse