«Yoriltosh»

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
«Yoriltosh»  (1925) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Andijonda, 18 nchi iyunda Farg‘ona viloyat davlat truppasi tomonidan yosh yozuvchimiz Rafiqning xalq ertakidan olinib yozilg‘an 4 pardali “Yoriltosh” ismli o‘perettasi o‘ynaldi.

“Yoriltosh” xalqimiz og‘zida ko‘bdan beri sevilib aytilib kelmakda bo‘lg‘an mashhur “Yoriltosh” ertagi – afsonasidir. Rafiq uni muayyan bir usulga – yo‘lgan solib, o‘zidan ba’zi bir mungli kuylar qo‘shqan. Tiyotru qishliq binoda bo‘lsa ham xalq kutkandagidan ko‘b edi. Xalq issiqqa qaramay o‘zining ruhiga yaqin, zavqig‘a, xayolig‘a oshno bo‘lg‘an bir yangi pyesa asarni juda oshiqib ortiq bir rag‘bat bilan eshitdi. O‘ynag‘uchilarning ko‘bisi zararsizgina o‘ynadi. Faqat “Gulxan” ro‘lida o‘ynag‘an tutash o‘zbakcha ohanglarni buzubroq, yo‘g‘on ovoz bilan kuyladi. Bizningcha shu “Gulxan” ro‘zlini uning onasi ro‘lini o‘ynag‘an tutashga berilganda tag‘in-da yaxshiroq bo‘lg‘an bo‘lur edi.

Farg‘ona viloyat davlat truppasi yana ham o‘z vazifasiga keragicha ahamiyat berib shunday yaxshi asarlarni mukammalroq chiqarib ko‘prak qo‘yishqa urunsa, juda yaxshi bo‘lur edi.

Xalq tiyotrudan xursand bo‘lub “Yasha qo‘qonliq azamatlar!” deb shodliq bilan tarqaldi.

Andijonlik

“Farg‘ona” 1925-yil 9-iyul.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse