«Tong sirlari»

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
«Tong sirlari»  (1926) 
by Abdulla Qodiriy

Ba’zi bir o‘rtoqlar Cho‘lponni yig‘loq deb aybsitadilar. Balki haqlari ham bordir, chunki uning:

Chechaklar o‘sgusi ko‘z yoshlarimdan,

Bo‘g‘inlar ungusi o‘ylashlarimdan,

deb hasratlanishi bizning ko‘z o‘ngimizda “yig‘loq” bir shoirni gavdalantiradi. Biroq shoir shu to‘kkan ko‘z yoshlaridan chechaklar o‘stirmoqchi bo‘lmasa edi, biz ham uning muattarrizlari qatoriga kirgan bo‘lur edik.

Anqov ta’nachilar shoirni ranjitsa-da, mudavomat qiladilar. Hatto, “Sen – ko‘k shoiri!” deguvchilar ham bo‘lib, chorasiz shoirni ularga o‘z holidan javob berishga majbur qiladilar:

Siz deysizkim, men ko‘klarni o‘ylayman,

Yer betiga sira nazar solmayman.

Yanglishasiz, men ko‘klarga berkingan

Yer qizidan xayolimni olmayman!…

Oktyabr o‘zgarishi qora tunimizning tongini otdirdi esa-da, bu mudhish kechaning badnom ko‘lagalari hamon shoirning yuragini titratadilar va ul chor-nochor yig‘laydir… Shu yig‘i orasida barq urib ko‘ringan erk kuyoshi bu ko‘z yoshlardan “chechaklar ungusini” so‘zlaydi.

Menimcha, “Tong sirlari”da ko‘ringan ko‘z yoshlarining siri shudir. Shu qisqa jumlada o‘qig‘uvchini bu kungi Cho‘lpon bilan tanishtira olgan bo‘lsam o‘zimni baxtli sanar edim.

Julqunboy (Abdulla Qodiriy)

Cho‘lpon. «Tong sirlari». Toshkent: O’zbekiston davlat nashriyoti, 1926.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse