«Sarkash qiz»

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
«Sarkash qiz»  (1927) 
K.A.

Davlat dram truppasining 3 nchi gastrol tomoshasi bo‘lib, sahnaga Cho‘lponning “Sarkash qiz”i qo‘yildi. Bu asar haqida Fitrat va Ziyo Said o‘rtoqlar tanqidlariga qo‘shilib shuni aytamizki: saroyga toj-taxtga qarshi kurash olib borg‘an va bu kurashda muzaffariyat qozong‘an yalang oyoq “Po‘lat botir”ning voqea so‘nggida taxt sevguvchi bir “qahramon” bo‘lib chiqishi g‘oyatda xunukdir. Shuning uchun asarning so‘ngg‘i pardasini olib tashlamoq juda munosib bir narsa.

O‘ynovchilarg‘a kelsak:

Asarning olding‘i qahramoni “Po‘lat botir” ro‘lida Shokir o‘rtoq kerak grim, kostyum va kerak ro‘lni ifo etish yog‘idan durust edi. Biroq bu artist ovoz o‘zgartirishda hali ham zaif, o‘z ovozini idora qila olmaydi.

O‘rinsiz yerlarda yerga tikilib qolish, kerak bo‘lmag‘an joylarda bosh silkitish kabi juz’iy kamchiliklari e’tiborga olinmag‘anda, Sarkash qiz ro‘lini Marusa xonim ko‘ngildagidek bajardi desak mumkin.

“Kal” ro‘lida Mirshohid umuman yaxshi, aytilgusi jumla tugamasdan yerga qaray berish kasali qisman bunda ham ko‘rildi. Bu o‘rtoq xalqni ko‘broq kuldirishka tirishib josuslik vazifasini xotirlay olmadi. Shuning bilan asardagi muhim momentlar, sirli gaplar, kinoyali so‘zlar va ohangdor safsatalar o‘z ramkalaridan chiqayozdilar.

“Nishobsoy begi” ro‘lini Obid Jaliliy haqqi-la bajardi.

“O‘lmas botir” ro‘lidagi Obid Hasanifning grimi, kostyumlari joyida bo‘lsa ham, harakat, ko‘z o‘ynatishlari va hovliqib so‘zlashlari yoqimsiz edi.

Shahzoda ro‘lida Afandixon, xizmatchi qiz ro‘lida Soraxonimlar o‘z ro‘llarini buzib o‘ynadilar. Asarning ikkinchi qo‘yilishida bu ro‘llarning o‘z egalarini topib bermak lozim. Postanofka boy. Havo ochiqliqig‘a qaramasdan, nechundir bukun xalq kam edi.

K.A.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasi 1927-yil 13-aprel.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse