«Qizil qalam» majmuasi to‘g‘risida
(mutolaachining fikrlari)
…Cho‘lponning “Novvoy qiz” hikoyasi bo‘lib turg‘an voqealardandir. Lekin undagi bir kamchilik Novvoy qizni zo‘rlag‘uvchi yigitning aniq tipini belgilamaslikdir. Yigitning qizg‘a muomalalaridan va ba’zi so‘zlaridan uning ziyoli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Lekin shuning bilan birga uning chapanilikka yaqin bir turqi ham seziladi. Yozuvchining nafratini mujib bo‘lg‘an “qahramon”ning jamiyatdagi vaziyatini aniqlab bermak kerak edi.
Cho‘lponning bu hikoyasi bosh tomonda adabiyot adabidan bir muncha chiqib ketkan. Adabiyotimizda ko‘rilishi istanilmagan pornografiyaga yo‘l qo‘yg‘an (jinsiy muomala tasvir etilgan). Bu narsa o‘quvchilarning ruhiga juda bo‘lakcha ta’sir etadi va adabiyotning inqirozi deb aytiladi. Umuman san’atda bunday narsalarga ehtiyot bilan qarash kerak. yana shunisi yomonki, hikoyaning boshida yigitning qizni zo‘rlag‘ani ma’lum emas, uning faqat ikki taraflik xohishi bilan bo‘lg‘ani anglashiladi. Bu esa yigitning yomonlig‘ini aytmakchi bo‘lib turub, to‘ppa-to‘g‘ri o‘shaning ta’siriga berilib ketkanligini ko‘rsatadi.
Kitobxon
“Qizil O‘zbekiston” gazetasi 1928-yil 15-noyabr.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|