Jump to content

«Qizil Sharq» poyezdi keldi

From Wikisource
«Qizil Sharq» poyezdi keldi (1920)
by Abdulhamid Choʻlpon
335280«Qizil Sharq» poyezdi keldi1920Abdulhamid Choʻlpon

Ko‘bdan beri do‘rt ko‘z bilan kutkanimiz, uning to‘g‘risida ko‘b narsalar eshitkanimiz “Qizil Sharq” poyezdi axiri Toshkantg‘a keldi.

13 nchi mart kech soat 5 larda mazkur poyez o‘zining mazamatlik dilbar va qiziq ko‘rinishi bilan qizil Toshkantning ulug‘ temiryo‘l istansasiga kelub to‘qtadi. Eski dunyodan meros bo‘lub qolg‘an umumiy barobaliq natijasi bo‘lsa kerakki, uning kelishi tayinlik emas edi. Tasodifan chiqib qolg‘an kishilargagina uni kutub olmoq mumkin bo‘ldi. Hukumat vakillari, essizkim, yo‘q edilar.

Eski dunyoning dahshatlik poyezdlari Sharqqa, Sharqning ijtimoiy inqilobda darvozasi bo‘lgan Turkistong‘a ilgari haramlar, fohishalar, qarta kog‘azlari va boshqa shuning kabi isrofot narsalari tashiy edilar. Ul narsalarga ayribosh qilub Turkiston dehqonining peshana terilari bilan topgan bor-yo‘g‘ini, topgan-tutganini olub ketar edilar.

Yangi zamonning go‘zal sovg‘alaridan biri bo‘lg‘an bu poyez Turkistong‘a va shuning ila barobar butun Sharqg‘a: ilm-ma’rifat, yorug‘luq, oydinliq, sog‘lom fikr, yaxshi tilaklar, issig‘ salomlar olub kela. Unlarga ayribosh qilub Turkiston ham o‘zining chin tilaklari, orzu va olqishlarilari, birodarona salomlarini yuborajakdir.

Mehnatkash Kunbotish bilan ezilgan Kunchiqish ittifoqi, birligi shudir. Uni boshlovchi, ochiq ko‘rsatuvchi bu “Qizil Sharq poyezi”dir!

Bu poyezning o‘zining ulug‘ bir bosmaxonasi, simsiz telegrom istansasi, kasalxona, ishxona, qiroat-kutubxonalari bordir. Bosmaxonasida poyezddagi “Ro‘sta” shoʻbasi tomonidan o‘zbak, tatar, qirg‘iz, turkman, forsiy va rus tillarida kun aralash gazetalar chiqub turadir. Turkiston xalqining shikva va shikoyatlarini eshitmoq uchun maxsus byurosi bordir. Poyez boshida o‘rtoq Safarif turadir.

Bu poyezning bizga keltirgan qiymatlik hadiyalari bizning muhtoj bilganimiz ish kishilaridirki, bunlar: ichkari Rusiya mehnatkash gazetalarining boshida turgan o‘tkur qalamli muharrirlardan Shahid o‘rtoq Ahmadiyif, ishlik kishilardan Mahmud Budayli, Fayzi Sultonbek, Chanishef va Burnashef o‘rtoqlardirlar.

Shunlar bilan birga Turkistondan yuborilgan vakil Muhammadjon Besirif ham qaytdi.

Turkistondagi asira singil va opalar ichida ishlamoq uchun bir necha ishlik xotun-qizlar ham kelganlarki, bu hadiyalarning eng baholi va qadrlisidir. Ortiq, g‘arb, g‘arbning ozod qit’asi o‘zining haqiqiy yuzini, chin va sof qalbini ochadir.

Poyezning bosmaxonasida 4 songa qadar chiqg‘an “Qizil Sharq” gazetasi butunlay yangi imlo bilan chiqmishdir va boshidagilarning yangi qizg‘in yoqlovchilari ekanlarini bildikkim, bu bizim uchun zo‘r sevinchdir.

Sharqqa Gʻarbdan haqiqiy yordam keldi, haqiqiy fikr yetkazildi. Endi biz unlarning yoniga kirub butun dunyo mazlumlarining sahovati uchun cholishsak bo‘ladir.

“Qizil Sharq” poyezini olqishlab qarshi olamiz va o‘zi ila barobar keltirgan qiymatlik armug‘onlariga:

– Xush keldingiz, aziz o‘rtoqlar! deymiz.

Cho‘lpon

“Ishtirokiyun” gazetasi,

1920-yil 17-mart, № 57.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"