«Nasab qurbonlari»
14-oktabr “Kolizey” binosida Eski shahar siyosiy maorif qaramog‘ida bo‘lg‘an buxg‘alterlar kursi foydasig‘a o‘qig‘uchilari tomonidan sof o‘zbeklar turmushidan oling‘an 4 pardalik “Nasab qurbonlari” (muzikalniy drama) sahnaga qo‘yildi.
Asar bizning xotin-qizlarimizning og‘ir turmushini ko‘rgan jabr-zulmlarini ko‘rsatadir. Asarda bo‘lg‘an kamchiliklarga to‘xtalmasdan o‘ynag‘uchilarg‘a kelsak, Zinnat ro‘lini o‘ynag‘an Tutash kerak harakat va kerak ohangda o‘zbek xotinini ko‘rsata olmadi.
Nurmat ro‘lini o‘ynag‘an o‘rtoq ham shundan xoli emas. Bizda hali kiyim va grimlarda ko‘p kamchiliklar ko‘rishga to‘g‘ri keladir. Afishada ko‘rsatilgan bo‘lsa ham sahna oralarida muzika ko‘rilmadi. Umuman, teatr xalqqa ta’sir bera olmadi. Asar fojialik bo‘lg‘ani holda o‘ynashda kulgi bo‘lib chiqdi. Lekin buning faqat qursantlar tomonidang‘ina qo‘yg‘anlig‘ini e’tiborg‘a olsaq, ortiq tanqid mumkin emasdir.
Xalqqa yaxshi ko‘ringan bir narsa bo‘lsa, ul ham bir necha o‘zbek qizlarining ko‘rilishidir.
Q.
“Turkiston” 1924-yil 16-oktabr.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|