«Mushtum»ning 25-soni

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
«Mushtum»ning 25-soni  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Bu son – uning 25-nchi song‘a bitkaniga bag‘ishlanib 24 betlik qilinib, boy mundarija bilan chiqarilg‘an.

Bu sonda sevgili “Julqunboy”ning yengil-yengil ravon hajivlari bor. Ayniqsa, istatistika ko‘p yaxshi chiqqan.

Rasmlar qismi ham bu safar jiddiy ahamiyat berilganligini ko‘rsatadur. Faqat birgina kamchiligi borkim, u ham bo‘lsa, “Mulla Nasriddin”dan oling‘an narsalarning qaydan oling‘anligi aytilmaganidur. Masalan: shu sondag‘i “Toshfulot tajang” rasmi “Mulla Nasriddin”da bosilg‘an edi. “Mulla”ning u sonini ochiq eslay olmasam ham ko‘rganligim xotirada ravshan bor. Mundan burungi sonlarda ham shunday narsalar bo‘lg‘an edi. Uni – “Mushtum”dagi birga ishlashgan o‘rtoqlarimning o‘zlari ham yaxshi biladurlar.

Har holda, “Mushtum” bizda hazilchilik, chandishchilik, tegishqoqliqning birinchi tajribasidur. Tajribamizda muvaffaqiyat qozondiq deb da’vo qilsaq haqqimiz bor. Faqat, kamchiliklarimizdan ham tonmasligimiz lozim.

“Mushtum” – mundan so‘ng rasmlariga yana ham ortiqroq ahamiyat berishga, ularni Buxoro choponidek ola-bula, bachkana va ifoda (выражение) siz qilmasdan, sodda va o‘qushliq qilishqa tirishmagi lozimdur.

25-nchisonini samimiy tabrik qilar chog‘da shu kichkinagina tilakni arz qilmay o‘ta olmadiq.

Qalandar

“Farg‘ona” gazetasi, 1924-yil 10-aprel.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse