«Bir kunlik xalifa»

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
«Bir kunlik xalifa»  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

“Farg‘ona”ning yaqindag‘i sonlaridan birida shaharning eng ishli yigitlaridan o‘rtoq Xolbotir o‘g‘lining maorif nazoratiga qo‘yulg‘anlig‘ini yozg‘an va undan so‘nuk maorifimiz uchun ko‘b narsa umid qiling‘anlig‘ini bildirgan edim.

O‘rtoq Xolbotir o‘g‘li maorifda bir hafta, o‘n kunga yetib ishlamasdan dam olg‘ani chiqib ketdi. U o‘n kunning ham ko‘pi ijroqo‘mda muovinlik qilib o‘tdi. Demak, o‘rtoq Xolbotir o‘g‘li maorifda bir kun-yarim kun zo‘rg‘a ishladi. Men muni maorifga sust qarash deb anglayman. Na ajib tasodifdurkim, mundan 2-3 yil burun ham o‘rtoq Xolbotir o‘g‘li maorifga bir martaba qo‘yilg‘an, lekin, bir-ikki kun ish qilmay turub “yaramadim, kasalman” degan sabablar bilan undan chiqib… iqtisodiy ishga kirib ishlab ketgan edi.

O‘rtoq Xolbotir o‘g‘li o‘zi: “Men maorif kishisi emasman, bilmayman” deydir. Lekin sho‘rolar hukumati yuzaga chiqqandan beri shuncha maorif shoʻbalaridan qaysi birisiga bir prafessor, bir pedag‘og‘ kelib o‘tirdi? Yo‘q, hammasiga ham Xolbotir o‘g‘liga o‘xshash idora qila oladurg‘an kishilar kirib, uning-buning yordami bilan ishlab ketdi va yaxshi natijalar ham ko‘rildi.

Hozir o‘rtoq Xolbotir o‘g‘lining o‘rniga tajribalik maorif ishchilaridan o‘rtoq Hamid Qozi o‘g‘li qo‘yuldi. Bu ham yaxshi. Lekin, maorifga bir kirgan kishi uzoq ishlab, ozmi-ko‘bmi bir xizmat ko‘rsatib ketsa, orqasida yaxshi nom, foydalik izi qolur edi.

Q.

“Farg‘ona” gazetasi,

1924-yil, 31-mart, № 159.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse