Yorsiz jonimni olg‘on mehnati hijron emish...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yorsiz jonimni olg‘on mehnati hijron emish...
by Bayramxon

Yorsiz jonimni olg‘on mehnati hijron emish,
Mehnati hijron demanglarkim, baloyi jon emish.

Xanjaring shavqi, yuzung mehriyu la’ling hajridin,
Ko‘krakim choku yurak yuz pora, bag‘rim qon emish.

Kom la’lingdin visol ayyomida dushvor edi,
Yo‘qsa jon bermak firoqing shomida oson emish.

Ne balodurkim, xalosim yo‘q zamone hajridin,
Qismatim go‘yo azaldin mehnati hijron emish.

Besaru somon debon Bayramni, ey nosih anga,
Pand berma, kimga parvoyi saru somon emish.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse