Yor hajrida ko‘zum qatrasi chandon-chandon...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yor hajrida ko‘zum qatrasi chandon-chandon...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Yor hajrida ko‘zum qatrasi chandon-chandon
Oqtikim, qoldi ulus ko‘rgali qayron-hayron.

Charxdek sochtim o‘lub ham yoshim anjum-anjum,
Kelgali kulbama ul oy araqafshon-afshon.

O‘lturub erdim aning yodida men qon yig‘lab,
Sundi may men sari ul mug‘bacha xandon-xandon.

Qoshi yosini chekib, noz ila novak otgach,
O‘tti ko‘ksum siparidin o‘qi parron-parron.

Shukrkim, ko‘nglum uyin ayladi ravshan tun subh,
Ko‘rguzub mehri vafosin manga alvon-alvon…

Dayrdin lutf ila, Shavqiy, sanga miyno-miyno
Bersalar boda, sumur go‘shada pinhon-pinhon.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse