Yo rab, meni ul sarvi xiromondin ayirma...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yo rab, meni ul sarvi xiromondin ayirma...
by Gadoiy

Yo rab, meni ul sarvi xiromondin ayirma,
Ul ko’zlari nargis, guli xandondin ayirma.

Bu baxti parishong’a, ayo kavkabi tole’,
Rahm ayla, dog’i ul (guli) xandondin ayirma.

Ey charxi sitamgar, meni sargashtani, zinhor
Rahm ayla, dag’i ul mahi tobondin ayirma.

Bu bandag’a har javru jafoyiki qilursen,
Qilg’in, vale ul xisravi xo’bondin ayirma.

Gar xasta Gado qonina nohaq kirar o’lsang,
Jonindin ayirg’il, vale jonondin ayirma.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse