Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo...
by Gadoiy

Yana yoz bo‘ldi-yu, topti bo‘ston nash’u namo,
Ey nasimi ruhparvar, hayra maqdam, marhabo.

Emdi xushtur (moh) paykarlar bila gulgashtkim,
Bog‘i rizvontek chaman bo‘ldi latif-u jonfizo.

Uch munungtek faslda men vasli dilbardin yiroq,
Asr-u zulm o‘lg‘ay, ilohiy, tutmasun tengri ravo.

Garchi bor erdi burun andak g‘ubori xotirim,
Shukrlillahkim, muyassar bo‘ldi anvoyi safo.

Xoh o‘ltur, xoh tirguz, ixtiyor ilgingdadur,
Ul sening noz-u itobingga mening jonim fido.

Husn ichinda qudrati yazdoni sen-sen, yo habib,
Bu davrinda xo‘blar xoni sen-sen, yo habib.

Ul labi jonbaxshni ko‘rgañh ravone angladim-
Kim, jarohatliq ko‘ngil darmone sen-sen, yo habib.

Sen parivash hurni el-odam o‘g‘li sog‘inur,
Bilmayinkim, odamiylar joni sen-sen, yo habib.

Olloh-olloh, bu malomatkim, zulol erningdadir,
Xizrning sarchashmayi hayvoni sen-sen, yo habib.

Kufri zulfingga gar iqror ayladi miskin Gado,
Bok emas chun ravnaqi iymoni sen-sen, yo habib.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse