Xush ulkim, sarvi nozim rahm qilg‘ay benavolarg‘a...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Xush ulkim, sarvi nozim rahm qilg‘ay benavolarg‘a...
by Bayramxon

Xush ulkim, sarvi nozim rahm qilg‘ay benavolarg‘a,
Nechukkim, podshohlar marhamat aylar gadolarg‘a.

Agar ul shohi xo‘bon lutf ila bo‘lsa xaridorim,
Gadoyimenki, istig‘no sotarmen podshohlarg‘a…

Damekim, noz ila ikki labi vasfin ado qilg‘ay,
Masiho bo‘lsa ham jon bergay ul nozik adolarg‘a.

Balolardur manga ul ko‘z bila zulfu qadu kokil,
Balolig‘ ko‘z edikim, uchradim mundog‘ balolarg‘a.

Yuzin ko‘rsattiyu ko‘nglum olib yoshurdi ruxsorin
Qi, mundin so‘ng ko‘ngulni bermagaymen dilrabolarg‘a,

Gadoyi benavodur Bayramu yo‘lingda xok o‘lg‘on,
Tariqi mehr ila gomi guzar qil benavolarg‘a.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse