To libosing g‘ayr qoni birla gulgun aylading...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
To libosing g‘ayr qoni birla gulgun aylading...
by Bayramxon

To libosing g‘ayr qoni birla gulgun aylading‘,
Qon to‘kardin ko‘zlarymni g‘arqai xun aylading.

Qiygali siymin taning uzra qizil to‘n, ey quyosh,
Ko‘z bayozin qon yoshim birla shafaqgun aylading.

Otashin gulgunalik to‘n birla gulgunung minib,
O‘t yolindek bildurub sho‘rumni afzun aylading.

Ko‘rsatib yuz, jon bila ko‘nglumga qo‘yding dog‘i ishq,
O‘rtading ko‘nglumniyu jonimni mamnun aylading.

Bayramo, zulfi yilonig‘a fusundin ne osig‘,
Chunki muhlikrog‘ bo‘lur har necha afsun aylading.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse