Teshti ko’ksum, ezdi bag’rim dog’i hijronim mani...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Teshti ko’ksum, ezdi bag’rim dog’i hijronim mani...
by Soʻfi Olloyor

Teshti ko’ksum, ezdi bag’rim dog’i hijronim mani,
Bu olamda muncha g’amda chiqmagan jonim mani.

Dilda sabrim, yuzda sharmim, boshda hushim qolmadi,
Ko’zda yoshim, rangda qonim, tanda darmonim mani.

Dardga to’lsam, g’amda so’lsam, telba bo’lsam ishqida,
Hasratida mundog’ o’lsam, yo’qdur armonim mani.

Holatim bad, hasratim behad, fig’onim be’adad,
Qil madad mandek yiqilg’on qulga sultonim mani.

G’ussai dil, qissai mushkulg’a qoldim oyu yil,
Obu gil ichra xijil qolg’on tanu jonim mani.

Aytur Olloyor yig’lab zori haf laylu nahor,
Tiyri ishqi yor to’ksa koshki qonim mani.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse