Suyung‘il, ey ko‘ngulkim, davri ishrat jom kelturmish...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Suyung‘il, ey ko‘ngulkim, davri ishrat jom kelturmish...
by Ma’dan

Suyung‘il, ey ko‘ngulkim, davri ishrat jom kelturmish,
G‘am o‘ldi munfailkim, shodlik payg‘om kelturmish.

Quyun yanglig‘ junun dashtida sarson o‘lma, ey ko‘ngul,
Sabo ul gulshani firdavsidin in’om kelturmish.

Zulayxo imtisolim Misri davlat uzra shod o‘lkim,
Bugun solori baxtim Yusufi gulfom kelturmish.

Quyoshdek orazingdin nakhati subhi saodatkim,
Ko‘ngul bexudlig‘in tark aylag‘on orom kelturmish.

Qazo sayyodi, olam kosasidan voqif o‘l, Ma’dan,
Senga bir donai maqsud birlan dom kelturmish.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse