Sham’ yanglig‘ yorga parvonau axgardiman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sham’ yanglig‘ yorga parvonau axgardiman...
by Sadoiy Mirhasan

Sham’ yanglig‘ yorga parvonau axgardiman,
Otashi ishqi muhabbatni gorak tabgardiman.

Bilmayin sudu ziyon ovorai har yon bo‘lub,
Bul g‘arib jonimga doim dardi sargardondiman

Ko‘p umed aylab hamesha iltifoti yordin,
Eshigida termulub, har lahza ro‘yi zardiman.

Yor deb har subhu shom o‘lmakg‘a aylab iztirob,
Demagil nomard hargiz, mardlarni mardiman.

San kimu, ey zohido, manga nasihat aydamak?!
Ishq ustodini taylim aylagan shogirdiman.

Kam baho qilma Sadoyini xaridorim maning,
Durri daryoyi javohirlarni rezaxo‘rdiman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse