Senga kim tedi, ey jon, noz qilma...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Senga kim tedi, ey jon, noz qilma...
by Xorazmiy
332305Senga kim tedi, ey jon, noz qilma...Xorazmiy

Senga kim tedi, ey jon, noz qilma,
Manga noz aylamakni oz qilma.

Niyoz aylarman, nozing tilarman,
Niyozimni ravo qil, noz qilma.

Nasibi dardu g’amni baxsh etarda
Manga san o’zgani anboz etma.

Gadolarg’a jafo qilmoq tilasang,
Duochi bandadin og’oz qilma.

Ko’ngul sirrini bo’lmasun tesang fosh,
O’shul g’amzani san g’ammoz qilma.

Sanga man oshiqi jonboz erkan,
Nazar o’zgaga, ey jon,boz qilma.

Bu Hofiz yonina ohang qilmay,
Jafo qonunini san soz qilma.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse