Sarveki, lutf bog‘ida nozuk niholi bor...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sarveki, lutf bog‘ida nozuk niholi bor...
by Bayramxon

Sarveki, lutf bog‘ida nozuk niholi bor,
Nozuk niholining ne balo e’tidoli bor.

Qaddi bila belini taxayyul qilur ko‘ngul,
Nozuk xayoli bor uni, nozuk xayoli bor.

Gulningki, yuz tajammuli bor husn bog‘ida,
Ul gulni ko‘rgali yuzidin infioli bor.

Dedimki, «Bizga boqmog‘ining ehtimoli yo‘q»,
Boqib tabassum ayladikim: «Ehtimoli bor».

Bayramki, xurdabinlig‘ aro mo‘shikof erur,
Og‘zi bila beli so‘zida qiylu qoli bor.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse