Sansiz, ey mahvash, ko‘ngul sayri guliston istamas...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sansiz, ey mahvash, ko‘ngul sayri guliston istamas...
by Mujrim-Obid

Sansiz, ey mahvash, ko‘ngul sayri guliston istamas,
Balki jismi notavonim rohati jon istamas.

Shahdi jondin ham suchukdur har takallum qilg‘oning,
Lazzati la’lingni ko‘rgan obi hayvon istamas.

Itlaring mehmonim o‘lsa pora bag‘rim tu’masi,
Telba ko‘nglum mundin o‘zga yaxshi mehmon istamas.

Izzu johi Misr ila mehri Zulayho man’ etar,
Yusuf etmas yod Ya’qubini kan’on istamas.

Qoshi yodur, kifriki o‘q, ko‘zlari jon olg‘uchi,
Dam-badam yuz qon to‘kar, qon ahli tovon istamas.

G‘unchag‘a solmas nazar, og‘zingdin o‘lg‘ay bahravar,
Orazing beparda ko‘rganlar guliston istamas.

Bu ne qaddu bu ne qomat, bu nechuk tarzi xirom,
Bir tamosho aylagan sarvi xiromon istamas.

Xilvati jon kechalar sham’i jamolingdin yorug‘,
Oncha mustag‘ni ziyoi mohi tobon istamas.

Mujrim o‘lmish ishq fayzi birla daryoyi alam,
Langari tab’i rasodur vahmi to‘fon istamas.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse