Sani yodingda man yig‘lab, ayo ey dilbari jonim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sani yodingda man yig‘lab, ayo ey dilbari jonim...
by Sadoiy Mirhasan

Sani yodingda man yig‘lab, ayo ey dilbari jonim,
Agar aytsam ado bo‘lmas, ki bu dardi farovonim.

Judolikda bo‘lib Ya’qub, bu mehnat bobida Ayyub,,
Davosini tilarman, aylagil dardimg‘a darmonim.

Topilmas xoki poying ko‘zlarimg‘a to‘tiyo qilsam,
Eram bog‘ida bitgan bul ajab sarvi xiromonim.

Yaqin bo‘ldum kuyub o‘lmoqg‘a, jono, bilmading hargie„
Nechuk sharh aylamay yetsun sanga bu rozi pinhonim.

Eshikingga bo‘lub soil sanga ko‘p iltijo aylab,
Ulug‘ daryo bo‘lub oqg‘on mani bu chashmi giryonim.

Rizodurman qarig‘onda shahid etsang Sadoyini,
Yarashur oq soqolimdan agar oqsa qizil qonim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse