Sani hajringda, ey jonon, ado bo‘lgon Sadoyiman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Sani hajringda, ey jonon, ado bo‘lgon Sadoyiman...
by Sadoiy Mirhasan

Sani hajringda, ey jonon, ado bo‘lgon Sadoyiman,
Kuyub kuldek bu olamdin fano bo‘lgon, Sadoyiman.

Yurub olam aro tinmay, borib bir joyida qo‘nmay,
Qiyib janda, olib aso, gado bo‘lgon Sadoyiman.

Garahhum qilg‘udek holimg‘a sandin o‘zga hech kim yo‘q,
Yurub yig‘lab saharlarda navo bo‘lgon, Sadoyiman.

Saningdek yoru jonimni ko‘ray deb orzu aylab,
Pu g‘am birla giriftori balo bo‘lgon, Sadoyiman.

Hamisha justujo‘ aylab, ki tarki xonumon aylab,.
Bu olam mehridin kam-kam sivo bo‘lgon, Sadoyiman.

Pari san, yo malak, yo hursan, zoting emas ma’lum,
Berib dinimni bilmay mubtalo bo‘lgoi, Sadoyiman.

O‘qub baytu g‘azallarni hamisha zoru xun yig‘lab,
Tamomi xalq ichida behayo bo‘lgon, Sadoyiman.,

Sani birla mani qasdimda dushmanlar farovondur,
Borurda dargahingda boxabar bo‘lgon, Sadoyiman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse