Rahm etib, ey do‘stlar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Rahm etib, ey do‘stlar...
by Alisher Navoiy

Rahm etib, ey do‘stlar, majruh ko‘ksumni yoring,
Qo‘l yolang aylab solib, har yon ichimni axtoring.

Uchrasa yuzi qora ko‘nglum tutub, tortub, uzub,
O‘tqa solib o‘rtabon, jonimni andin qutqoring.

Kelgan ersa choklik ko‘ksum tikib, voqif bo‘lub,
Kelsa bu jonib, sinonlar birla sanchib qaytoring.

Chun o‘larmen – yorni istang, boshimg'a kelmasa,
Bosh yolang aylab, qo‘yub tufrog‘ uza yuz, yolboring.

Kelsa ayturda oshuqmangkim, farahdin o‘lmayin,
Nuktadonlig' birla ul so‘zni qoshimda o‘tkoring.

Boshima yetsa, chu o‘lgumdir necha faryod etib,
Bir nafas tengri uchun har qaysingiz bir yon boring.

Gar muyassar bo‘lmasa bu ish, Navoiy xastani,
Qo‘ldabon yo sudrabon mayxona sari boshqoring.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse