Qomatingdek dahr bog‘i ichra bir shamshod yo‘x...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qomatingdek dahr bog‘i ichra bir shamshod yo‘x...
by Nodir-Uzlat

Qomatingdek dahr bog‘i ichra bir shamshod yo‘x,
Bo‘lsa ham, lekin qading sarvi kabi ozod yo‘x.

Podshohlar zulm ila o‘z mulkin etgandek xarob,
Bir ko‘ngul ilgingdin, ey bedodgar, obod yo‘x.

Garchi cho‘xdur manga bengzar g‘am chekan ushsheqlar,
Husn elida sen kabi zulm etmog‘a mo‘tod yo‘x.

Hajr aro xoling xayoli-la ko‘ngulda dog‘lar
Muncha naqd ila meningdek sohib iste’dod yo‘x.

Mahfili g‘am ichra qon ichmakda mutriblar aro
Navha ohangini mendek soz edan ustod yo‘x.

Sabr et, ko‘p injima, Nodir, jahon gulzorida
Bir gule ofat samumi etmagan barbod yo‘x.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse