Qoldimu

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qoldimu
by Bobur

Charxning men ko‘rmagan jabr-u jafosi qoldimu?!
Xasta ko‘nglum chekmagan dard-u balosi qoldimu?!

Meni xor etti-yu qildi muddaiyni parvarish,
Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?!

Meni o‘lturdi jafo-yu javr birla ul quyosh,
Emdi turguzmak uchun mehr-u vafosi qoldimu?!

Oshiq o‘lg'och ko‘rdum o‘lumni o‘zumga, ey rafiq,
O‘zga ko‘nglumning bu olamda harosi qoldimu?!

Ey ko‘ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi qoldimu?!

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse