Qachonkim la’li nabing so‘zda mayli no‘shxand etdi...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Qachonkim la’li nabing so‘zda mayli no‘shxand etdi...
by Mahzun

Qachonkim la’li nabing so‘zda mayli no‘shxand etdi
Hazin jonu ko‘ngilni talxkomu dardmand etdi.

Buti nomehribonu mastu lo ya’qul chiqib vahkim
Boshimg‘a sekratib hoki tanim gardi samand etdi.

Vafosiz dilrabodin shikva qilsam ayb qilmanglar
Ki man jon berdimu ag‘yorni ul arjumand etdi.

Yomon ko‘z tegmasin deb husningga ul xo‘blar shohi
Jamoling otashig‘a donai holing sipand etdi.

Hama ushshoq elin qatl etgali bebok jallodim
Qoshidin tig‘ tortib tora kokildin kamand etdi.

Shakar lablar tabassum etsalar ko‘nglingni oldirma
Mani yig‘latdi achchiq har qachon ul no‘shxand etdi.

Falak har kimni a’lo rutba qildi besabab ermas
Quyoshin yerga kirguzmak uchun oning baland etdi.

Zamono shahlarin, ko‘rgilki, yonimga munosib deb
Ki ruxdek rostni parvozdek egri pisand etdi.

Qiyo boqg‘aymu deb Mahzun ko‘p intizor o‘ldi
Bihamdillohki mujgon novakidan bahramand etdi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse