Olib avval nazarda aqlu hushimni tamom aylab...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Olib avval nazarda aqlu hushimni tamom aylab...
by Kiromiy

Olib avval nazarda aqlu hushimni tamom aylab,
Ne hosil qilding, ey bedard, zulmu kin mudom aylab,
Meni ranjur olur sihhat labingdin shod kom aylab,
O‘lukni tirguzur la’ling masihoso kalom aylab,
Takallum choshnisin sharbati yuhyil-izom aylab.

Sanoyi’din biri kelmay vujuda, ey malak simo,
Adam kunjida erdi boru yo‘q dunyo va mofiho,
Qilurda surati pokingni ustodi qadar paydo,
Azalda la’linga sayd etkali ko‘nglum qushin go‘yo,
Qazo sayyodi jonlar rishtasidin yoydi dom aylab.

G‘aroyib zeb koshi tok ila koxi erur hizre,
Mufarrash anda har bir sangloxi erur xizre,
Quruq qaqshal shajarlar javfi surohi erur hizre,
Chamanda tozalikdin har quruq shoxi erur xizre.
Magarkim o‘tmish andin obi hayvonim xirom aylab.

Ravodur nuqtai mavhum demak og‘zing e’lomin,
Ochilmaydur necha nazzora qilsam kulgu hangomin,
Qolur hayratg‘a ko‘rsa ulki alloma qo‘yub nomin,
Agar harf o‘lsa mudg‘am vahki xoling nuqta idg‘omin,
Ayon qildi ko‘zumning mardumi ichra maqom aylab.

Xarob o‘lmakdin o‘zga chora yo‘qdurkim kelib qarshu,
Jafo novaklarig‘a aylading jonu dilim qobu,
Nedin tushdi qaro kun boshinga deb so‘rma, ey mahro‘,
Ne bo‘lg‘ay ro‘zgorim tiyra bo‘lmaykim, ochib gesu,
Qaro shomimni muhlik aylading, subhimni shom aylab.

Agar uqboda rohat istasang nafsingga bo‘lg‘il zid,
Saharlar yig‘labon eldin nihon bo‘l tangrig‘a obid,
Amalning yaxshisi uldur riyoga bo‘lmag‘ay oid,
Chu haq dargohidin mardud etar naylarsan, ey zohid,
Qabuli xalq uchun ortuqi toat iltizom aylab.

Jaholat toyirin afg‘on chekib hurkutdi faqr ahli,
Ko‘ngulni xonumondin oh urub sovutdi faqr ahli,
Nazar qil, matlabiga yetgucha qon yutdi faqr ahli,
Yoshingni dona, bag‘ringni suv qilkim tutdi faqr ahli,
Hidoyat qushlarin bu donau suv birla rom aylab.

Habodur ortmas ro‘zi kishi har necha sa’y etsun,
Ne hosil mehnat ila jam’ qilmoq sim ila oltun,
Kiromiy, qil qanoat ne muqaddar bo‘lsa chekmay un,
Navoiy, kunda chun bir qursi maqsum ortmas nechun,
Falakdek bo‘lma tang sargashta tun, kun ehtimom aylab.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse