Ogahiy g‘azaliga muxammas

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ogahiy g‘azaliga muxammas
by Devoniy

Norasolar jomi vaslig‘a xumor o‘lmoq abas,
Ko‘yining gardi bila chashmi g‘ubor o‘lmoq abas,.
Xalqi olam ta’ni birla sharmsor o‘lmoq abas,
Sho‘xlar husnin ko‘rub bee’tibor o‘lmoq abas,
Bevafolar vaslin istab beqaror o‘lmoq abas.

Har kishi ko‘nglini bersa sho‘xlarg‘a nogihon,
Mehnatu g‘am ostida qaddini qilsa chun kamon.
Istasa gar lutf topmoqni alardin nogihon,
So‘zlaridur zahri qotil oni shahd aylab gumon,
Sodalikdin zahri qotilg‘a duchor o‘lmoq abas,

Yig‘lasang har dam tilab vaslini bo‘lmoq hamdami,
Yig‘lamoqdin ko‘zlaringda qolmasa qatra nami,
Zarra lutf aylab alar tarki jafo qilmas dami,
Yo‘q alarning lutfidin chun shodlig‘ning marhami,
Yo‘qni istab tig‘i g‘amdin dilfigor o‘lmoq abas.

Qajlik ila bu falakni ko‘r qarori yo‘qdurur,
G‘am chekar ishq ahli tunu kun g‘amgusori yo‘qdurur,
Sho‘xlarg‘a jon fido qilsang madori yo‘qdurur,
Qilsalar har va’da oning e’tibori yo‘qdurur,
Aldanib ul va’dag‘a bee’tibor o‘lmoq abas.

Xo‘blarning yo‘qdur oshiqlarg‘a unsu ulfati,
Xor o‘lub hijronida chekma balou mehnati,
Oshiqi bechorag‘a bo‘lmas muyassar vuslati,
Mumkin ermas chun alarning vasli bazmi g‘urbati,
Bas oni istab alar ko‘yida xor o‘lmoq abas.

So‘rmag‘aylar rahm etib ushshoq holin bilsa ham,
Yig‘lamoqdin ishq elining ko‘zlari ko‘r o‘lsa ham,
Ohu ashki ishq elidin bu jahon gar to‘lsa ham,
Kelmagaylar rahm etib hijronda oshiq o‘lsa ham,
Ro‘zu shab kelmaklariga intizor o‘lmoq abas.

Dilrabolarni ko‘rung rahmu vafo ko‘nglida yo‘q,
Bo‘lg‘ali ushshoq eliga oshno ko‘nglida yo‘q,
Qilg‘ali Devoniy komini ravo ko‘nglida yo‘q,
Ogahiy husn ahlini rahmu vafo ko‘nglida yo‘q,
Bas alar oldida ko‘zdin ashkbor o‘lmoq abas.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse