Nigorim ishqidin kuydim, davosn bormukin hargiz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Nigorim ishqidin kuydim, davosn bormukin hargiz...
by Sadoiy Mirhasan

Nigorim ishqidin kuydim, davosn bormukin hargiz,
Tushub zulmat aro qoldim, ziyosi bormukin hargiz?

Kelib ketti mani yorim, nechuk bilmay qolibdurman,
Yana ming yil qarab yotsam, qazosi»bormukin hargiz?

Qilich qoshin havola aylar ul jallodlar yanglig‘,
Magar jonim olurg‘a yo rizosi bormukin hargiz?

Saropo xalqi olamdin bari sandin umed aylab,
Manidek ikki olamda gadosi bormukin hargiz?

Sadoyi aytodur yig‘lab, so‘rang zinhor yorimdin,
Manga ul qilmag‘on boz ham jafosi bormukin hargiz?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse