Necha, ey gul, visoling bazmidin mahrum bo‘lg‘aymen...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Necha, ey gul, visoling bazmidin mahrum bo‘lg‘aymen...
by Bayramxon

Necha, ey gul, visoling bazmidin mahrum bo‘lg‘aymen,
Tnlarmen tengridinkim, bir yo‘li ma’dum bo‘lg‘aymen.

Gulistoni jamoling birla el masrur, vah, tokay
Meni mahzun malomat kunjida mag‘mum bo‘lg‘aymen?

Men erdim mahramu ag‘yor mahrum erdilar, jono,
Bo‘lub ag‘yor mahram, men ne deb mahrum bo‘lg‘aymen?

Vafog‘a ot chiqardim ko‘p jafo tortib, zihi, davlat
Ki, ahli ishq aro bu ismg‘a mavsum bo‘lg‘aymen.

Base g‘amlar ko‘rub, jonlar chekib majhulmen, Bayram,
Magar jon topshurub yor olida ma’lum bo‘lg‘aymen.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse