Ne deb, ey nozanin, mendnn maloling bor, bilmasmen...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ne deb, ey nozanin, mendnn maloling bor, bilmasmen...
by Bayramxon

Ne deb, ey nozanin, mendnn maloling bor, bilmasmen,
Nedin, yorab, yetibtur ko‘nglunga ozor, bilmasmen.

Maloling zohiru bilmay sabab jon yetti og‘zima,
Nechuk jon zltayin gar qilmasang izhor, bilmasmen.

Kirib dushman so‘ziga do‘st bilmaysen meni, lekin,
Xudo hozirdurur men sendin o‘zga yor bilmasmen.

Ne qildim, ne xato voqe’ bo‘lubtur, vah, ne so‘z debmen,
Ki, so‘z qotmas manga ul la’li shakkarbor, bilmasmen.

Havas qildim ani tush ko‘rmak, ammo tushda ko‘rgaymen,
Chu hargiz tushda ham baxtim ko‘zin bedor bilmasmen.

Ne tong gar g‘ayr birla hamdam o‘lsa ul guli ra’no,
Jahon bog‘i aro chun bir guli bexor bilmasmen.

Bu qatla bir parining ishqidin ko‘p zorsen, Bayram,
Seni hargiz birov ishqida mundoq zor bilmasmen.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse