Naxli qadi orosta sarvi chamanimsan...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Naxli qadi orosta sarvi chamanimsan...
by Mujrim-Obid

Naxli qadi orosta sarvi chamanimsan,
Gulrezi suxan, to‘tiyi shakkar shikanimsan.

Monandi sadaf qo‘ynuma jo qilg‘ali ko‘nglum,
Azbaski qadam tufrog‘i durri adanimsan.

Ko‘nglum sanga vobastavu jonim sanga sar,
Sultoni saropardan iqlimi tanimsan.

Paydoyi jahon hosili umrum sanga masruf,
Bir sarvi chaman zebu mahi sim tanimsan.

Ko‘nglumni olur choqda aziz oqibatim xor,
Xush dilbari, jon parvaru pur makru fanimsan.

Jon isimu sendin keladur xasta mashoma,
Ko‘z mash’alig‘a Yusufi gul pirahanimsan.

Mujrim sanga ko‘z pardasini qildi rahandoz,
Kel, kel bukun, ey shu’layi baytul-hazanimsan.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse