Na yanglig‘ oqti hajring dastidin bu jismi uryonim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Na yanglig‘ oqti hajring dastidin bu jismi uryonim...
by Jaloliy

Na yanglig‘ oqti hajring dastidin bu jismi uryonim,
Ezildi shiddati shavqi bilan bu bag‘ri biryonim,
Damodam furqatingni zavqi kuydurdi hazin jonim,
Buzuq bir manledur hajrida bu jismii uryonim,
Ko‘nar har dam ko‘rub g‘am karvoni dudi xirmonim.

Bihamdillahki, ishqingni guzori birla pok erdim,
Seni vasling tilab hech tinmadi(yu) dardnok erdim,
Tanimda xongil emas ishq hanjaridin siyna chok erdim,
Ochilgan lola ermas hajr sahrosida xok erdim,
Ki oxir zohir o‘ldi tufrog‘imdin dog‘i pinhonim.

Murodu maqsadim uldur falak zarrin ravoqidin,
Ko‘ngulni shod qilg‘aymu bu shah rasmi siyoqidin,
Ko‘zumni ravshan etgaymu nujumi ixtiroqidin,
Yo‘lida to sahar har tun qudumi ishtiyoqidin,
Yoqar o‘t bag‘ri pur so‘zim, separ suv chashmi giryonim.

Ko‘ngul yuz pora bo‘ldi kasrati xanjar ila yorab,
Yotib zindoni g‘amda necha qayg‘ular ila rab,
Xumorim daf’i qilsang na bo‘lur sog‘ar ila yorab,
Qolib jon vaslidin jismim arodur hajr ila yorab,
Na bo‘lg‘ay baytulahzan ichra holi piri Kan’onim.

Muhabbat shu’lasi kuydurdi, do‘stlar, yo‘qu borimni,
Xazoni g‘am tegib so‘ldurdi bul dam lolazorimni,
Ki bir jomi murassa’ birla daf’ ayla xumorimni,
Quyuni ishq sargardon qilib chandin g‘uborimni,
Bu shomi hajr o‘tdi, o‘tmadi ul mohi tobonim.

Nazar omola qil, to rahmi kelgay gul uzorimni,
Tarahhum aylagay shoyad ko‘rub oshifta holimni,
Muruvvat aylabon kuyiga yetkurgay guzorimni,
Jaloliddin yig‘ildim, yer uza chashmi nizorimni,
Kelur so‘rmoqg‘a har dam ohi sardu ashki so‘zonim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse