Muxammasi turki dar viloyati Xo‘jandi Jubrandiva Suprandi noma dar asri Oqbo‘tabiyi shahid tahrir namud...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Muxammasi turki dar viloyati Xo‘jandi Jubrandiva Suprandi noma dar asri Oqbo‘tabiyi shahid tahrir namud...
by Turdi
308559Muxammasi turki dar viloyati Xo‘jandi Jubrandiva Suprandi noma dar asri Oqbo‘tabiyi shahid tahrir namud...Turdi

(Xo‘jand viloyatida, shahid Oqbo‘tabiy asrida bitilgan turkiy muhammas)



Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar Ko‘rdiman,
Rind sarxayli-yu xush ayshi damodam surdiman,
Halqayi ushshoqda bazmi majolis qurdiman,
Mushti xokam, davr-u davronlar(ni lekin) Ko‘rdiman,
Xushdimog‘ etgan mayi sofi hariflar durdiman.

Qilmadim shukronaye, soldurdi tufrog‘ oshima,
Qolmadi juz dard-u g‘am hamdam, musohib qoshima,
Haq o‘zi rahm aylag‘ay ohi sahar, ko‘z yoshima,
Tafriqa toshini yog‘durdi zamona boshima,
Xonumon ovora, selobi havodis surdiman.

Nozili hukmi qazo hech kim rad-u man etmadi,
Barcha bo‘yniga solan bu rishtani qat etmadi.
Ahli hole topmadim, boshdin balo daf etmadi,
Kulfati g‘urbatni tuzluk sunnati raf etmadi,
Xor-u beqadramki, inson otanib, Jubrandiman.

Voqife yo‘q, bu musofirlig‘da mandin ne o‘tar,
Baski yuz ko‘yi bila ro‘ze kelib, ro‘zi ketar,
O‘zmag‘ay mundin baloye, bo‘lmag‘ay mundin batar,
Aqrabolar suhbatimdin or etar, qoshin chatar,
Salb dillarda, nazarlarda karih suprundiman.

Yaxshi vaqtlar yod etib, o‘zdin ketib, eldin qolib,
Harza tifli ashkdek ayni nazarlardin solib,
Nosara dirham sifatliq rad qilib, qo‘lg‘a olib,
Dasta farsuda, yuzi qaytib, ayag larda qolib,
Ko‘hna tig‘i tah-batah g‘am zangi tutg‘an kundiman.

Oh, bu umri kiromi sarfi g‘aflat ayladim,
G‘ussayi behuda asbobi nadomat ayladim,
Bilmadim o‘z aybimi xalqqa mazammat ayladim,
Shukr shahdin bilmadim, kufroni ne’mat ayladim,
Zaxmi neshi ro‘zg or ahlini talx-u tundiman.

Hukm jori, so‘z qabuli, bir duri dar go‘sh edim,
Ahli davlatlar bilan yor-u harif, hamdo‘sh edim,
Hoy-u ho‘yi bazmlarda shahdi no‘sho-no‘sh edim,
Xush zamonlar Yuz qazoni boshida sarjo‘sh edim,
Bu zamon yavg‘on qozon ostida qolg‘on yundiman.

Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob,
Gardishi davron berur har lahza yuz ming pech-u tob,
Har sori yeldim-yugurdim suvsanib mavji sarob,
Tashna lab, gardi kudurat zeri poyinda xarob,
Bahri davlatdin yiroq gardanshikasta mo‘ndiman.

Kasrati yo‘qluq, tama kettirdi qadr-u qiymatim,
Yuz sarig‘lig yerga urdi obro‘-yu izzatim,
G‘ayrdin izhori matlab ayladi dun fitratim,
Aql zoyil, umr kam, besh o‘ldi dard-u mehnatim,
Davlat urg‘an pushti po, baxti (qaro suprindiman).

Man kimam? Gumnom-u nokom-u jahon ovoraye,
Diyda namnoku giribon chok-u bag‘ri poraye,
Noqabuli marham-u nosur, bitmas yoraye,
Bekase, mushti xase, bir bandayi bechoraye,
Sobiram, rozi qazo, tiyri balog‘a ko‘ndiman.

Xeshman, darvish-u miskin, mustahiq devonadin,
Bahramand et iltifot-u himmati mardonadin,
San turub loyiqmidur qilmoq tama begonadin,
Qiblagoho, mandin ikroh etma bir mayxonadin,
Jo‘sh bir xum sof maysan, man g‘ubor-u durdiman.

Yuz farozidin ozib, tushdum nishebi qirqqa,
Xavf-u biym-u vahm arosinda qaribi qirqqa,
Dona deb pobast o‘lub, domi g‘aribi qirqqa,
Voy, yuz ming voy, yuz bo‘ldim firibi qirqqa,
Hokimi Dizzax muteyi payravi jurqundiman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse